date

Toshkentda sun’iy yomg‘ir: “Toza havo” loyihasi boshlandi

Toshkentda sun’iy yomg‘ir: “Toza havo” loyihasi boshlandi

Toshkent shahrida atmosfera havosini yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbus — sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Mazkur tashabbus Prezidentning joriy yil 25 mart kuni qabul qilingan “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berilgan.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati hududlarida namlik darajasi past bo‘lgan joylarga maxsus uskunalar o‘rnatilib, sun’iy yomg‘ir chaqirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu loyiha 2027 yil 1 oktyabrga qadar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mutaxassislar fikricha, ushbu texnologiya yordamida havodagi chang zarralari va zararli moddalarni kamaytirish, atmosfera sifatini qisqa muddatda yaxshilash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, qurg‘oqchil ob-havo sharoitida namlik darajasini oshirishga ham xizmat qiladi.

Farmonga muvofiq, loyiha ijrosi Ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi hamda Oliy ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Ular xorijiy tajribani o‘rganib, eng samarali yechimlarni amaliyotga tatbiq etishlari lozim.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda sun’iy yomg‘ir: “Toza havo” loyihasi boshlandi