date

Toshkent metrosining «Mingo‘rik» bekatidan «Abu Saxiy»gacha yangi yo‘nalish qurilishi mumkin

Toshkent metrosining «Mingo‘rik» bekatidan «Abu Saxiy»gacha yangi yo‘nalish qurilishi mumkin

Toshkent metropolitenida yangi yo‘nalish qurilishi rejalashtirilmoqda. Ma’lum qilinishicha, metroning «Mingo‘rik» bekatidan «Chilonzor buyum bozori»gacha bo‘lgan yangi liniyasi barpo etilishi mumkin.

Hozirda mazkur yo‘nalish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish imkoniyatlarini baholash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevga poytaxt metropolitenida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda infratuzilmadan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan taqdim etilgan takliflar doirasida ma’lum qilindi.

Rejaga ko‘ra, loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi bosqichda «Mingo‘rik — Janubiy vokzal» yo‘nalishini qurish, ikkinchi bosqichda esa ushbu tarmoqni «Janubiy vokzal»dan «Chilonzor buyum bozori»gacha uzaytirish imkoniyatlari o‘rganiladi.

Agar loyiha amalga oshsa, metro tarmog‘i Abu Saxiy bozori tomongacha yetib boradi. Bu esa ushbu hududga qatnovni ancha yengillashtirishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, yangi liniya shaharning janubiy qismidagi transport yuklamasini kamaytirish, tirbandlikni qisqartirish va yirik savdo majmualariga borishni qulaylashtirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent metrosining «Mingo‘rik» bekatidan «Abu Saxiy»gacha yangi yo‘nalish qurilishi mumkin