date

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun telefon orqali 73 yoshni qarshi olgan Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat davomida davlat rahbari Qozog‘iston Prezidentiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat hamda mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, ikki qardosh davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi.

Tomonlar so‘nggi yillarda o‘zaro aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab, turli sohalardagi hamkorlik yanada kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni 10 milliard dollarga yetkazish, energetika, transport, investitsiya va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yaqin istiqboldagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va hududlar darajasidagi hamkorlik formatlarini yanada faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi