date

Toshkentdagi vazirlik binosi auksionda qanchaga sotildi?

Toshkentdagi vazirlik binosi auksionda qanchaga sotildi?

Toshkent shahrida joylashgan "Hamkorbank" “E-auksion” platformasida o‘tkazilgan takroriy savdolar natijasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosini xarid qildi.

15 may kuni bo‘lib o‘tgan auksion savdolarida bank ushbu obyekt uchun 196,6 milliard so‘m taklif bilan g‘olib deb topildi. Mazkur summa boshlang‘ich narx — 187,23 milliard so‘mdan qariyb 5 foiz yuqori hisoblanadi.

Savdolar jarayoni juda qisqa vaqt ichida yakunlangan bo‘lib, g‘oliblikni ta’minlagan taklif auksion boshlanganidan atigi 10 soniya o‘tib kiritilgani qayd etilgan. Umumiy savdo jarayoni esa 10 daqiqadan sal ko‘proq davom etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sotilgan 7 qavatli ma’muriy bino Shayxontohur tumani hududida, Abdullo Qodiriy va Abay ko‘chalari kesishmasi yaqinida, “O‘rda” dahasi atrofida joylashgan.

Bino strategik joylashuvi bilan ajralib turadi — u “Turonbank” ofisi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi binosiga tutash hududda joylashgan. Umumiy yer maydoni 0,5 gektardan oshmaydi, bino va inshootlar esa 11,7 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Shuningdek, obyekt suv, gaz, elektr ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimlariga to‘liq ulangan bo‘lib, bu uning tijoriy qiymatini oshiruvchi muhim omillardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi vazirlik binosi auksionda qanchaga sotildi?