O‘zbekistonda kafe va restoranlar daromadi oshdi

2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalar savdo aylanmasi sezilarli o‘sishni qayd etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda kafe va restoranlar umumiy tushumi 49,8 trillion so‘mni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,2 foizga yuqori bo‘lgan. Bu esa mamlakatda umumiy ovqatlanish sohasi barqaror rivojlanayotganini anglatadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha umumiy ovqatlanish tarmog‘ida 27 ming 312 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy qismi shahar hududlariga to‘g‘ri keladi.
Mutaxassislar fikricha, sohadagi o‘sishga aholi daromadlarining bosqichma-bosqich ortishi, xizmat ko‘rsatish madaniyatining rivojlanishi hamda umumiy ovqatlanish nuqtalari sonining ko‘payishi sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!