Tonirovka uchun yangi to‘lov miqdori taklif etildi

Har yili 1 maydan 31 avgustgacha amal qiladigan tonirovka ruxsatnomasi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun yangi to‘lov miqdorini belgilash taklif etilmoqda.
Taklifga ko‘ra, mazkur davr uchun oyna tusini qoraytirish ruxsatnomasi narxi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari — 412 ming so‘m etib belgilanishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tartib avtomobil egalari uchun yozgi issiq kunlarda yanada qulaylik yaratish maqsadida ko‘rib chiqilmoqda. Hozircha taklif yuzasidan yakuniy qaror qabul qilingani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing