Verus Ethereum ko‘prigiga qilingan hujum oqibatida 11,6 million dollar o‘g‘irlandi

Verus Protocol platformasining Ethereum ko‘prigi dushanba kuni kiberhujumga uchradi. Noto‘g‘ri shakllantirilgan kross-cheyn o‘tkazma xabari orqali xakerlar kamida 11,58 million dollar qiymatidagi kriptoaktivlarni o‘zlashtirib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Blockaid xavfsizlik platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum davomida 1 625 Ethereum (ETH), 147 659 USDC va 103,57 tBTC v2 tokenlari o‘g‘irlangan. PeckShield tahlilchilari ham ushbu holatni tasdiqlab, o‘g‘irlangan mablag‘lar keyinchalik Ethereum valyutasiga konvertatsiya qilinganini qayd etdi.
Mutaxassislarning tahliliga ko‘ra, hujumchi protokoldagi "checkCCEValues" funksiyasida manba miqdorini tekshirish mexanizmi yo‘qligidan foydalangan. Bu xatolik xakerga soxta import ma’lumotlarini tizimdan o‘tkazish va zaxiradagi mablag‘larni o‘z hamyoniga yo‘naltirish imkonini bergan.
Ushbu hodisa 2022-yilda yuz bergan Nomad Bridge va Wormhole kabi yirik ko‘prik hujumlarini eslatadi. Hozirgi vaqtda Verus jamoasi vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermadi, biroq xavfsizlik kompaniyalari blokcheyn ko‘priklari uchun qat’iy tekshiruv mexanizmlarini joriy etish zarurligini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!