date

O‘zbekiston nega eng ko‘p suv sarflovchi davlatlar 10 taligiga kirdi?

O‘zbekiston nega eng ko‘p suv sarflovchi davlatlar 10 taligiga kirdi?

Worldometer portali e’lon qilgan suvdan foydalanish indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston aholi jon boshiga suv sarfi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi. Ma’lumotlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv iste’moli dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri ekani qayd etilgan.

O‘zbekistonda bir kishiga sutkasiga o‘rtacha 4 778 litr suv to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyodagi eng ko‘p suv sarflovchi davlatlar o‘ntaligiga kirgan. Asosiy suv sarfi qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya tizimlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mintaqada eng yuqori ko‘rsatkich Turkmanistonda qayd etilgan. U yerda bir kishiga sutkasiga 15 445 litrgacha suv sarflanishi aytilmoqda. Tojikistonda bu ko‘rsatkich 4 460 litr, Qirg‘izistonda 4 153 litr, Qozog‘istonda esa 3 397 litrni tashkil etadi.

Ro‘yxatda O‘zbekiston bilan bir qatorda Chili, Gayana, Tojikiston, Qirg‘iziston, AQSh, Eron, Estoniya va Ozarboyjon ham bor. Suvdan foydalanishning eng past darajasi esa Afrika mamlakatlarida kuzatilgan. Kongo Demokratik Respublikasida bir kishiga kuniga atigi 32 litr suv to‘g‘ri keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston nega eng ko‘p suv sarflovchi davlatlar 10 taligiga kirdi?