date

Markaziy bank 500 ming so‘mlik banknot haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Markaziy bank 500 ming so‘mlik banknot haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 500 ming so‘mlik yangi banknot muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Regulyator ushbu ma’lumotlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayrim sahifalarda O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi va unda Mirzo Ulug‘bek surati aks etishi haqida xabarlar tarqalgan.

Markaziy bank izohida bugungi kunda yangi pul belgisini muomalaga chiqarish masalasi ko‘zda tutilmagani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Yangi banknot yoki tangalar muomalaga chiqarilsa, bu haqda rasmiy tartibda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank 500 ming so‘mlik banknot haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi