Buxoroda 1 kunda 3 marta zilzila: aholi orasida xavotir kuchaymoqda

Buxoroda 1 kunda 3 marta zilzila: aholi orasida xavotir kuchaymoqda

Buxoroda 1 kunda 3 marta zilzila: aholi orasida xavotir kuchaymoqda

Bugun, 22 may kuni Buxoro viloyati hududida yana yer silkinishi kuzatildi. Seysmologlar ma’lumotiga ko‘ra, kun davomida qayd etilgan navbatdagi zilzilaning magnitudasi 4 ballni tashkil etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yer qimirlashi soat 10:44 atrofida sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i Jondor tumani hududida joylashib, Toshkent shahridan taxminan 526 kilometr janubi-g‘arbiy masofada qayd etilgan. Yerosti silkinishining chuqurligi 10 kilometrni tashkil qilgan.
Mutaxassislar keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila ayrim hududlarda sezilarli darajada his qilingan. Xususan, Gazli shahrida 2-3 ball atrofida yer tebranishi kuzatilgan. Shuningdek, Peshko‘, Qorako‘l va Jondor tumanlarida ham yer qimirlashi 2 ball kuchida sezilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar