AQSh prezidentligi uchun saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp ma’lum qildiki, prezidentga aylansa, mamlakatning harbiy qudratini oshiradi, deyiladi "Kun" nashrida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh Qurolli kuchlari tarkibidagi harbiylar, kemalar va samolyotlar sonini oshirmoqchi.
U shuningdek, prezidentlik lavozimini egallasa, Pentagondan bir oy ichida IShIDni yo‘q qilish rejasini ishlab chiqishni talab etadi.
Tramp Filadelfiyadagi chiqishi vaqtida AQShning NATOdagi ittifoqchilaridan byudjetning 2 foizini mudofaa sohasiga ajratishni talab qilishi haqida ham aytgan.
Joriy haftada respublikachi nomzod 88 nafar amerikalik sobiq general tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’lum bo‘lgandi. Iste’fodagi bu harbiylar "Amerika qo‘mondon timsolidagi etakchiga muhtoj ekanini" bildirishgan.
Shu bilan bir vaqtda Trampning raqibi, demokrat Hillari Klinton harbiylar hamrohligida videorolik bilan chiqish qildi, unda Trampning siyosati tanqid ostiga olingan.
O‘tgan hafta oxirida Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi boshlanganidan beri ilk marta nufuz bo‘yicha Hillari Klintonni ortda qoldirayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Sosiologlar Trampning nufuzi partiya ichida ham o‘sayotganini qayd etishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi