Turkiyaning Zo‘nguldak shahrida muxolif imom Fathulla Gulenning harakati bilan til biriktirganlikda gumon qilingan 43 yoshli Aziz Ashchi ushlandi. Bu haqda Naberler nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Ashchi "Qirg‘iziston imomi" degan nom bilan ham ma’lum bo‘lgan. Ashchining o‘zi ayblovlarni rad etmoqda va Gulenning harakatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, aksincha unga qarshi kurashishini aytgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, Ashchi 1997 yilda Bishkekka ko‘chib o‘tib, bu erda mebel saloni ochgan va turkiyalik tadbirkorlar uchun ekskursiyalar uyushtirgan. "Men Gulen harakatiga aloqam yo‘q va uning a’zosi emasman. Mening biznesim ham unga hech qanday aloqasi yo‘q. Men yillar davomida ular bilan kurashib kelaman. Agar meni ular bilan nimadir bog‘laganda, men davlat to‘ntaruvidan keyin Turkiyaga kelmasdim", deb aytgan Ashchi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaevni "Gulen to‘dasiga" munosabatini o‘zgartirishga chaqirgan. Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bunga javoban Qirg‘iziston mustaqil va suveren davlat ekanligini eslatib qo‘ygan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi