Nyu-Yorkning mashhur va diqqatga sazovor binosi bo‘lmish Empire State Building minorasi orqali AQShda o‘tgan saylov hisob-kitoblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinmoqda. “Washington Post” gazetasida keltirilishicha, 103 qavatli baland minoraning janubiy oynalari ulkan ekranga aylantirilgan.
Yangi ma’lumot etkazilishi bilan u ekranda namoyon bo‘ladi. Hajmi 32 qavatga teng ekranda Donald Tramp va Hillari Klintonning portretlari aks etgan animasiyalar, #MyVote xeshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarga yuklangan fotosuratlar ham namoyish etilmoqda.
Osmono‘par binoda translyasiya qilish g‘oyasini Obscura Digital kompaniyasi “CNN” telekanali, Instagram tarmog‘i hamda CA Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.
Qo‘shma shtatlarning 45-prezidenti rasmiy ravishda e’lon qilinganidan so‘ng, uning surati Manxetten ko‘chalarini yanada yoritadi.
Aholi bunday imkoniyat yaratilganidan mamnun. Sababi saylov natijalari e’lon qilinishini barcha onlayn ravishda kuzatib borishi mumkin.
“CNN” telekanali Nyu-Yorkdan tashqari, boshqa shtatlarda ham ana shunday translyasiyani yo‘lga qo‘ygan. Empire State Building displeyi Kolumbiya, Vashington, Kaliforniyada namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi