Shvesiyada yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadigan, muzdan ishlangan dunyodagi birinchi mehmonxona ochildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Icehotel 365 deb nomlangan bu mehmonxona Turneelven daryosi yonida, Shimoliy qutb aylanasidan 200 km uzoqlikda joylashgan. Umumiy maydoni 195 kvadrat metr bo‘lgan mehmonxonada 21 ta xona, bar va suratlar galereyasi bor.
Muz mehmonxonani yaratish uchun Turneelvendan 30 ming litr suv kerak bo‘lgan. Uni yaratishda butun dunyodan haykaltaroshlar ishtirok etgan. Mehmonxona yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadi: u issiq kunlarda muzlatuvchi qurilmalar yordamida muzlatib turiladi.
Muz mehmonxona xonalari ichidagi harorat 5-8 gradus miqdorida ushlab turiladi. Mehmonlar sovqotib qolmasliklari uchun ularga issiq yotoq qoplari beriladi. Ushbu antiqa mehmonxonada qolish kuniga 2450 shved kroni turadi.
Bu muz mehmonxonasi 1989 yildayoq paydo bo‘lgan. Biroq 2016 yilgacha uni har qishda boshqatdan barpo etishga to‘g‘ri kelingan.
Rossiyada mart oyida Kamchatkada birinchi iglu-mehmonxona ochilgandi. «Tog‘li hudud» deb nomlangan majmua to‘liq qordan yasalgan bir nechta mehmonlar xonasidan iborat. Ta’kidlanishicha, bu mehmonxona 2 haftada 50 tashrif buyuruvchini qabul qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?