Buyuk Britaniyaning eng yirik radiostansiyasi BBC Radio 1 56 yoshli qo‘shiqchi Madonnani hozirgi kunda ommabop emas va o‘z eshituvchilari uchun urfdan qolgan deb hisoblab, uning “Living For Love” (“Sevgi uchun yashash”) nomli qo‘shig‘ini efirdan olib tashladi.
The Daily Mail nashrining yozishicha, pop-musiqa yo‘nalishiga ixtisoslashgan Radio 1 radiostansiyasining yarim auditoriyasini 15 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Madonnaning vakillari bu vaziyatga munosabat bildirishmagan.
Shunga qaramasdan, BBC Radio 1 radiostansiyasining vakili qo‘shiqchining yoshi uning ijrosidagi qo‘shiqning pleylistga kiritilishida hal qiluvchi omil emasligini ta’kidlab o‘tdi.
“Qo‘shiqlar musiqa ijrochisining xizmatlari hamda unga bizning yosh auditoriyamiz munosabatidan kelib chiqib tanlanadi”, deydi ushbu vakil.
Qayd etish kerak, radiostansiya efirida 72 yoshli Pol Makkartnining ikkita qo‘shig‘i berib boriladi.
Ma’lumot uchun, Madonnaning ushbu qo‘shig‘i mart oyida sotuvga chiqariladigan uning yangi “Rebel Heart” albomidan joy olgan. Yangi albomdagi musiqiy materialning katta qismi internetga chiqib ketgani tufayli, ushbu kompozisiya qo‘shiqchi tomonidan o‘tgan yilning dekabr oyida, muddatidan avval taqdim etilgan edi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda