11:37 / 03.05.2024
131

Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film

Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Ba’zan hayotda taslim bo‘lishga to‘g‘ri keladi, eng yaxshi umidlarga ishonish uchun ham kuch qolmaydi. Quyidagi filmlar to‘plami aslida nimalardan voz kechish kerag-u, nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi haqida.

“Qalb xotirjamligi”, Rayan Myorfi

Ba’zan kundalik hayotdan, ichimizni yeb tashlaydigan asabbuzarliklardan qochishni xohlaymiz — hech bo‘lmaganda biror narsani o‘zgartirish, odatdagi joydan ko‘chaga chiqish, shahar havosidan nafas olishni istaymiz. Hech qanday global halokat sodir bo‘lmaydi, lekin nimadir noto‘g‘ri bo‘lyapti va sayohatga chiqmaguningizcha buning nimaligini aniq tushunib bo‘lmaydi. O‘zgarishdan qo‘rqqan Juliya Roberts qahramoni ham aniq rejasiz uzoq sayohatga chiqishga qaror qiladi.

Elizabet Gilbert birinchi navbatda Italiyaga sayohat qiladi, u yerda dunyodagi eng jozibali tilning barcha nozik tomonlarini o‘rganadi, shuningdek, dunyodagi eng mazali oshxonadan bahramand bo‘ladi. Keyin o‘zini yaxshiroq anglash uchun Hindistonga va nihoyat dengizga boradi.

“Shunchaki birga”, Klod Berri

Kamilla rassom va Parijda yashaydi. Qiz tabiatan g‘amgin — u ko‘p tabassum qilmaydi, quvvatini keraksiz his-tuyg‘ularga sarflashni istamaydi. Buning o‘rniga ijod qilish osonroq — g‘amginlikdan qutulishning yagona najot yo‘li shu.

Kamilla tom ostidagi kichkina xonada yashaydi. Parijning barcha jozibasiga qaramay, qishda bu yerda yashashning iloji yo‘q. Kutilmagan do‘st — omadsiz duduq aktyor Feliber Kamillani o‘zi bilan birga yashashga taklif qiladi. Ammo uning katta kvartirasida anchadan beri yana bir mehmon yashaydi: Frank. Kamilla yaqin orada o‘zaro g‘azab kutilmagan sevgiga aylanishini bilmaydi.

“Ehtiyot bo‘ling! Eshiklar yopiladi”, Piter Hovitt

Helen (Gvinet Peltrou) o‘zi uchun ikkita yakunni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega, barchasi uning poyezdni o‘tkazib yubormasligiga bog‘liq. Qahramonning oldida eshiklar yopilsa nima bo‘ladi? Hammasi juda oddiy — unga talonchilar hujum qiladi, sevgilisini ma’shuqasi bilan qo‘lga tushirishga ulgurmaydi va allaqachon do‘zaxga aylangan hayotida yashashda davom etaveradi. Agar ulgursa, u xiyonatni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, yangidan hayot boshlash uchun sabablar topadi, haqiqiy sevgisini uchratadi va uzoq kutilgan baxtiga erishadi. Ammo ikkala ssenariy ham bir xil narsaga — sevgi va uyg‘unlikka olib keladi, bundan qochishning mutlaqo iloji yo‘q. Asosiysi, o‘ylab olish uchun vaqt kerak.

“Julettaga maktublar”, Gari Vinik

Romantik, ta’sirchan tragikomediya — Italiyaning hayratlanarli manzaralari va soddaligiga qaramay, tasodif yuz bermaganda sodir bo‘lmaydigan sevgi hikoyasi. Sofiya yosh amerikalik ayol, u Veronaga oshpaz bo‘lib ishlaydigan qaylig‘ining yoniga ketgan. Sevgan yigiti bir necha kun davomida oshxonadagi ishlari bilan ovora bo‘lganda, bekorchilikdan Sofiya ko‘ngillilar guruhiga qo‘shiladi. Ayollar hech qanday sababsiz, hech bo‘lmaganda singan yuraklarda umid uyg‘otish istagida Julettaga yozilgan xatlarga javob berishadi. To‘satdan Sofiyaning qo‘liga keksa ingliz ayoli yozgan xat tushib qoladi — u maktubida yetisholmagan muhabbati haqida yozgandi.

“Tiffani”dagi nonushta”, Bleyk Edvards

Hech kim uning aslida qanday ekanligini bilmaydi, aynan shu narsa erkaklarni magnit kabi o‘ziga tortadi. Holli qanday xohlasa, shunday yashaydi — mushugiga ism topa olmaydi, tashqariga derazadan chiqadi va telefonini karavoti ostidagi chamadonda saqlaydi. Holli rolini ijro etgan betakror Odri Xepbyorn aslida faqat tinchlik va hamjihatlikni orzu qiladi, bu esa unga erishib bo‘lmaydigan hashamat bo‘lib tuyuladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film