Bugun Andijon temir yo‘l vokzalida Rio -2016 paralimpiya musobaqalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Andijonlik sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamoatchilik vakillari, faol yoshlar va jurnalistlar ishtirok etdilar, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Ma’lumki, Rio – 2016 paralimpiya musobaqalarida Andijonlik sportchilardan Muslima Odilova sportning suzish turi bo‘yicha 2 ta kumush, Shohsanam Toshpo‘latova va Muzaffar Tursunxo‘jaevlar hari biri 2 tadan bronza, yengil atletika bo‘yicha Mansur Abdurashidov bronza, ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha Safiya Burxonova kumush va brass usulida suzish bahslarida Firdavs Musabekovlar oltin medallarni qo‘lga kiritdilar.
Marosimda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov paralimpiya sovrindorlarini erishgan yutuqlari bilan qutlab, sportchilar va ularning murabbiylariga minnatdorchilik bildirdi. Har bir sovrindor sportchi va murabbiylarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘z olgan chempion sportchi Firdavs Musabekov erishilgan yutuqlar yurtimizda yosh avlod tarbiyasi va sportga berilayotgan yuksak e’tibor natijasi ekanligi haqida gapirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi