Xitoylik kung-fu ustasi va rejissyor Donni Yen sobiq mutlaq jahon chempioni, afsonaviy bokschi Mayk Taysonning barmog‘ini bexosdan sindirib qo‘ydi. BoxingScene nashrining xabar berishicha, sobiq bokschi “Ip Man” filmining 3-qismini suratga olish paytida jarohat oldi, deb yozadi Kun.uz.
Voqea Tayson va Yen orasidagi jang sahnalarini olish paytida yuz berdi. Xitoylik Taysonga tirsagi bilan zarba berdi va uning barmog‘ini bexosdan sindirib qo‘ydi. Bokschi shunga qaramay, sahna ko‘rinishi oxirigacha olinishini talab qildi va shundan keyingina shifokorlarga barmog‘ini ko‘rib qo‘yishlari uchun ruxsat berdi.
Tayson tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyin hazillashib, uni hech kim ovutmayotganidan shikoyat qildi. AQShlik bokschi “avval hamma mening Yenga jarohat etazib qo‘yishimdan xavotirlanishayotgan edi, biroq aksi bo‘lib chiqdi”, deb hazillashib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi