O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat turar joylarini qurish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, turar joylar 2017−2018 yillarda qishloq joylarda namunali loyihalar bo‘yicha qurilishi belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar, shuningdek davlat organlarining hududiy (viloyat) bo‘linmalari rahbarlari uchun 0,06 ga uchastkaga ega bir qavatli besh xonali uylar, tuman (shahar) hokimiyatlari hamda davlat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari uchun esa ikki qavatli 0,04 ga uchastkaga ega hovlili birlashtirilgan uylar qurilishi belgilangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jami bo‘lib 1682 ta turar joy (jumladan, 210 ta viloyat rahbarlari darajasida) qurilishiga 312,4 mlrd so‘m ajratiladi.
Qurilishlar mahalliy byudjetlar (joylardagi ijro organlari rahbarlari uchun), davlat byudjeti (MXXning hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun) hamda IIV, Adliya vazirligi, DSQ, DBQ va Bosh prokuraturaning shaxsiy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi