17 872
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida harbiy xizmatni o‘tab bo‘lganlarga OTMga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berildi
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan yigitlarga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirish imkonini beradigan tavsiyanomalar topshirildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda harbiylar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur hujjatga muvofiq, harbiy qismlarning tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga barcha yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.
Bilim yurti harbiy orkestri jamoasining konsert dasturi, Chirchiqdagi 15-musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi