6 675
Isroil televideniesi ko‘rsatuvlari Haram ash-Sharif tasviri va azon tovushi bilan uzib qo‘yildi
Isroilning ikki TV kanali yangiliklarni namoyish etish vaqtida azon ovozi eshitilayotgan Haram ash-Sharif tasvirlari fonida yaqinda bo‘lib o‘tgan yong‘inlar to‘lqini haqidagi xabarlarni o‘qidi. Bu haqida Kun nashri ma’lum qildi.
Isroilning xususiy 2- va 10-telekanallaridagi ko‘rsatuvlari taxminan 30 soniyacha musulmon olamining diqqatga sazovor maskanlari, jumladan Quddusdagi Haram ash-Sharif masjidi tasvirlari bilan uzib qo‘yildi. Boz ustiga ekranda tasvirlar bilan birga azon tovushi ham yangradi.
Isroil parlamenti masjidlarda azonning baland ovozda o‘qilishiga chek qo‘yishga doir qonun loyihasini ilk marta ovozga qo‘yishi kutilmoqda.
Mamlakat aholisining taxminan 17,5 foizi arablardan iborat, ularning aksariyati - musulmonlar. Arablar yaxudiylar jamiyatini ularning huquqini kamsitishda ayblashoqda.
Isroilning Demokratiya instituti bu taklifga qarshi chiqdi. Amaldorlardan biri o‘ng siyosatchilarni bu masalani ko‘tarib, xavfli "o‘yin"ni boshlaganlikda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Isroilning G‘arbiy qirg‘oqlarida yirik yong‘inlar sodir bo‘ldi. Buning natijasida yuzlab uylar yonib bitdi, 10 minglab kishilar evakuasiya qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi