Rossiyada noyabr oyida eng ko‘p sotilgan kamlitrajli avtomobil sifatida Ravon R2 modeli qayd etilgan, deya xabar qilmoqda «Avtostat Info». O‘tgan oyda, tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, RFda jami 190 dona O‘zbekistonda ishlab chiqilgan avtomobil sotilgan.
Ixcham avtomobillar segmentida ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreya vakili KIA Picanto egallagan. Bu mashinadan 91 dona sotilgan bo‘lib, bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 20,2 foizga kam demakdir. Noyabr oyidagi kamlitrajli avtomobillar etakchi uchligidan, shuningdek, Daewoo Matiz ham o‘rin olgan. Uning savdosi 8,1 foizga pasaygan va bir oyda jami 68 ta mashina sotilgan. Noyabr oyi yakuni bo‘yicha TOP-5 segmentiga Smart Fortwo (61ta, o‘tgan yilga nisbatan +177,3 foiz) va Smart Forfour (57ta) modellari ham kira olgan.
«Avtostat Info» hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, A-tasnifidagi avtomobillar savdo hajmi noyabr oyida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 119,4 foizga o‘sgan va 474 donani tashkil etgan. Shunga qaramay, joriy yilning 11 oyi bo‘yicha 4,23 foizlik pasayish kuzatilmoqda va o‘tgan davr mobaynida 3451 dona shu tasnifdagi avtomobil sotilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi