6 893
Hyundai mashina ichida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan texnologiya uchun patent oldi
Hyundai kompaniyasi mashina ichida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan va haydovchiga xalaqit beradigan bir qator funksiyalarni cheklaydigan texnologiya uchun patent oldi. Kompaniya mutasaddilarining fikricha, bu haydovchini chalg‘ituvchi narsalarni kamaytiradi va yo‘l xavfsizligining ta’minlanishiga yordam beradi. Bu texnologiya ayniqsa yangi haydovchilarga qo‘l kelishi mumkin, deb yozadi Kun.uz.
Texnologiyaning ishlash prinsiplari qisman oshkor etildi. Ma’lum bo‘lishicha, mashinaning elektronikasi telefonlarda SMS yozishni cheklab qo‘yib, barcha xabarlarni og‘zaki kiritish funksiyasini ishga tushirishi mumkin. Texnologiya tezlik, ob-havo, soat va boshqa jihatlarni e’tiborga olib qanday imkoniyatlar va funksiyalarni cheklash kerakligini belgilaydi.
Texnologiya ishlashi uchun mashina ichiga maxsus antennalar o‘rnatilib, ular mobil aloqa vositalarning signallarini tutib boradi. Ayni paytda, antennalarning uyali telefon bilan aloqasini ta’minlash uchun unga maxsus ilova o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Texnologiya qachon va qanday modellarda qo‘llanilishi ma’lum qilinmagan.
Shunga o‘xshash texnologiyalar boshqa avtokonsernlar tomonidan ham ishlab chiqilmoqda. Jumladan, yaqinda Chevrolet yangi avlod Malibu mashinalari uchun haydovchining yoshiga qarab tezlikni cheklaydigan Teen Driver texnologiyasini ishlab chiqqani ma’lum qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi