Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 29 aprel kuni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Saudiya Arabistonining K-DOT kompaniyasi bosh direktori Faysal ol-Dovud bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 14 dekabr sanasida vazirlik va tizim tashkilotlari rahbarlari Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistonidagi ko‘plab salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT va ishlab chiqarish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilishga kelishib olgandi.
Shundan keyin bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbekistonliklar ushbu davlatga vaqtincha ishlash uchun jo‘nab keta boshladi. Bugungi uchrashuvda Ar-Riyodda erishilgan kelishuvlarni hayotga tadbiq etish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish mexanizmlari xususida so‘z bordi.
Muloqot jarayonida Saudiya Arabistonida tibbiyot, mehmonxona va texnik xizmat ko‘rsatish kabi qator sohalarda ishchi kuchiga talab ortib borayotgani, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ham birgalikda dasturlar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish mumkinligi alohida qayd etildi.
Ikki davlat hukumatlar o‘rtasida 2022 yilning 17 avgust kuni Jidda shahrida “Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim imzolangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Respublikada bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi