06:00 / 30.04.2024
572

Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi

Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Foto: The Kyiv Independent
Ukrainada 30 dan ortiq erkak harbiy xizmatdan qochish uchun mamlakat g‘arbidagi tog‘li chegara hududini kesib o‘tishga urinib, halok bo‘lgan. Bu haqda Ukraina Davlat chegara xizmati xabariga asoslanib, The Kyiv Independent nashri xabar berdi.

Davlat chegara xizmati rahbari Andrey Demchenko bu xabarni tasdiqlagan. Rasmiylar halok bo‘lganlar oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

Mamlakatdagi harbiy holatga ko‘ra, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar, ayrim istisno holatlardan tashqari, harbiy xizmatga chaqirilishi ehtimoli sababli mamlakatni tark etishlari mumkin emas.

BBC'ning 2023 yil noyabr oyidagi hisobotida aytilishicha, o‘sha paytga qadar 20 000 nafarga yaqin ukrainalik erkaklar chegarani noqonuniy kesib o‘tib xorijga qochgan. Ularning ko‘pchiligi chegara tartibini buzuvchi jinoiy guruhlar tomonidan xorijga olib chiqib qo‘yilgan. Bunday xizmat uchun ulardan katta haq talab qilingan.

Ukraina sharqida keng miqyosli bosqin boshlanganidan buyon davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati tomonidan chegaradan noqonuniy ravishda odamlarni olib o‘tuvchi 450 ga yaqin jinoiy tarmoqlar fosh etilgan. Guruhlarning ko‘pchiligi Ukrainaning Moldova va Ruminiya bilan chegarasida faoliyat olib borgan.

Davlat chegara xizmatining 29 aprel kunidagi xabariga ko‘ra, 27 aprel oqshomida Zakarpate viloyatida chegara bo‘yidagi Tiza daryosini kesib o‘tishga uringan jami 24 kishi cho‘kib ketgan. Ularning ko‘pchiligi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi