Fransiya chempionatining 31-turida PSJ chempionlikni "Gavr"ga qarshi o‘yinda hal qilishi mumkin edi, lekin parijliklar mazkur bahsda g‘alaba qozona olmadi va bu amalga oshmadi. Ammo Enrike shogirdlariga "Lion" yordamga keldi, ya’ni "Monako"ni mag‘lub qilib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, ikkinchi o‘rinda borayotgan monakoliklarni ham PSJga yetib olish imkoniyatni yoqqa chiqardi. Bu esa Parij jamoasini muddatidan oldin kubokni qo‘lga kiritganini anglatadi.
PSJ o‘z tarixida o‘n ikkinchi marta Liga 1 chempioni bo‘ldi. Ushbu sovringa klub so‘nggi o‘n yil ichida sakkizinchi marta erishmoqda. Mbappe va uning do‘stlari Fransiya kubogi va Chempionlar ligasida ham o‘z yurishini davom ettirishmoqda. Jamoa 26 may kuni "Lion"ga qarshi finalda to‘qnash kelsa, YECHL yarim finalida "Borussiya" bilan o‘ynaydi.
Kilian so‘nggi mavsumida fransiyaliklarni chiroyli tarzda tark etishni istaydi. Al-Helayfi uchun trebldan yaxshiroq sovg‘a bo‘lmasa ham kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi