
Xabaringiz bor, bugun 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Indoneziya bahsi bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin oldidan indoneziyaliklar tarkibida katta yo‘qotish bor.
Gap shundaki, Rafael Struik turnir davomida ikkita sariq kartochka olganligi sababli bitta o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak. U Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvlarda ogohlantirilgan.
Struik tarkibdagi eng asosiy hujumchilardan biri bo‘lib, chempionatdagi barcha bahslarda maydonga tushib, zaxiraga olinmagan. Shu bilan birga, uning hisobida 2 ta gol ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziya - O‘zbekiston bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar