Xonanda Jahongir Otajonov joriy yilning 28-29 oktyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Kuz gullari” nomli navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etish arafasida turibdi. Bu yil konsert dasturining OAV orqali yoritilishiga alohida e’tibor qaratgan Otajonov Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida jurnalistlar bilan uchrashdi. Matbuot anjumanida OAV xodimlari xonandaga yig‘ilib qolgan bir qancha qiziqarli savollar bilan murojaat qilishdi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.
Jurnalistlardan biri xonandaga shu yilning iyun oyida konsert berganini eslatib, “Yilda ikki marotaba konsert berayapsiz... Bunga sabab nima, tijoratmi yo muxlislar talabimi?”, degan savol bilan murojaat qildi.
Xonanda mazkur savolga javob berar ekan, boshqa qo‘shiqchilar kabi konsert ortidan keladigan mablag‘ni kissasiga yashirmadi, aksincha, maqsadi tijorat ekanini ro‘y-rost aytdi.
“Men ham 7-10 kun konsert qo‘ygim keladi. Ammo konsertim jonli ijroda bo‘lgani uchun uch kundan keyin ovozim yoqolib qoladi. Shu sabab yilda ikki marotaba konsert berishni niyat qilib qo‘ydim.
Yashirmayman, konsertda yaxshigina daromad topaman. Konsertdan pul topmayman, aksincha, zarar ko‘raman, deydigan hamkasblarimga esa baho berolmayman”.
Xonanda konsert dasturiga tayyorgarlik bilan bog‘liq savollarga javob berar ekan, sahnada yotib qo‘shiq kuylashidan tortib, yig‘lashigacha hech qanday tayyogarlik va ssenariylarsiz bo‘lishini, ichki tug‘yonini tutib turolmasligini ma’lum qildi. “Meni ko‘pchilik telba deydi. Men musiqadan shunchalar zavqlanamanki, atrofimdagi narsalarni anglamayman”, deydi Otajonov.
“Bu yilgi konsertimda ham hech qanday yangilik bo‘lmaydi. Faqat yangi qo‘shiqlar kuylanadi, xolos. Qolgani esa muxlislar talabiga binoan bo‘ladi. Men hech qachon konsertda ssenariy bilan ishlamaganman. Konsert rejissyori, bastakor, boshlovchi, shoumen – hammasi o‘zim”. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi