O‘zbek kinosining iste’dodli aktrisasi Shaxzoda Matchonova 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida barmog‘iga taqilgan nikoh uzugi aks etgan suratni hech bir izohsiz joylagandan so‘ng, ko‘pchilik aktrisa turmushga chiqayotganligini taxmin qilishdi va uni minglab muxlislari tabriklashni boshladi.
Shaxzoda Matchonova MyDay nashriga ma’lum qilishicha, u rostdan ham turmushga chiqmoqda. Aktrisaning to‘y tantanasi 25 noyabrda Toshkentdagi «Yakkasaroy» to‘yxonasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
«Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bilan anchadan buyon tanishmiz va u shou-biznesga hech qanday aloqasi yo‘q inson. Ular kim va ismlarini hozircha sizlarga aytmayman (kuladi). O‘zingiz vaqti kelganda ko‘rib, bilib olasizlar», - deya javob berdi.
Fursatdan foydalanib, o‘zbek kinosining lobar aktrisasi Shaxzoda Matchonovani chin qalbimizdan tabriklaymiz. Unga ayollik va oilaviy baxtni tilab qolamiz.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Shaxzoda Matchonova 1987 yilning 8 avgustida Nukus shahrida tug‘ilgan. U «Qalbim o‘g‘risi», «So‘nggi lahza», «O‘zimdan o‘zimgacha» va boshqa ko‘pgina filmlardagi rollari orqali muxlislar qalbidan joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi