Homiladorlikning so‘nggi uch oyida baliq yog‘ini iste’mol qiluvchi ayollarda bolani astma bilan tug‘ish xavfi kamayadi. Daniyadagi Kopengagen universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda New England Journal of Medicinega asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qilmoqda.
Tadqiqotda 736 nafar ayol ishtirok etdi. Homiladorlikning so‘nggi uch oyida ularning yarmi kuniga 2,4 grammdan baliq yog‘ini iste’mol qilgan, qolgan yarmi esa - plaseboni. Baliq yog‘ini iste’mol qilgan ayollarning farzandlari orasida astmaga yo‘liqqanlar 17 foizni tashkil etdi, plasebo iste’mol qilgan ayollar orasida esa bundaylar deyarli 24 foizni tashkil qildi.
Tadqiqot ayollar va bolalarga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, olimlar homilador ayollarga hozircha baliq yog‘ini tavsiya qilishmayapti. Bunga tajribada qo‘llangan doza amerikaliklarning odatiy dozasidan 15-20 barobar ko‘p bo‘lganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotni yana bir bor kamroq dozada va homiladorlikning ilk muddatlarida takrorlab ko‘rish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi