Mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar, onalar va bolalar salomatligi malasiga to‘xtalgan davlat rahbari, bu sohada kamchiliklar ham etarli ekanini ta’kidladi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar salomatligi masalasiga alohida to‘xtalar ekan, faqat ayollar uchun xizmat ko‘rsatadigan poliklinikalar tashkil etish bugungi zamon talabi ekanini aytib o‘tdi.
“Ayollarimiz iboli, hayoli. Ba’zi masalalarda shifokorga borib dardini bemalol aytavermaydi. Shu bois xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilishimiz kerak. Toki ular borib o‘zini qiynayotgan masalada bemalol fikrlashsin. Chunki ertangi kunimizning davomchilarini sog‘lom dunyoga keltirish ko‘p jihatdan ayollarimizning salomatligiga bog‘liq”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar malasida so‘z yuritar ekan, tibbiyot xodimlarining jamiyat hyotida tutgan o‘rni haqida ham gapirib o‘tdi:
“Sog‘liqni saqlash sohasi haqida gapirganda bir haqiqatni esimizdan chiqarmasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari bizning salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi