Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda MIB xodimi, advokat va ikki soliqchini jinoyat ustida ushlandi.
Xabarda aytilishicha, Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori Guliston shahrida faoliyat yurituvchi 3 ta MCHJning soliq qarzlarini, ushbu MCHJlarni soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topish yo‘li bilan bartaraf qilib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi katta inspektori bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 2023 va 2024 yillar uchun yer solig‘idan aniqlangan 11 mln 200 ming so‘m miqdoridagi qarzdorligini bartaraf qilib berish evaziga 7 mln. so‘m, shuningdek, ushbu fermer xo‘jalik rahbarining tanishiga tegishli noturar joyning mol-mulk va yer soliqlaridan bo‘lgan 55 mln 100 ming so‘m qarzdorligini ham to‘liq bartaraf qilib berish evaziga 28 mln so‘m talab qiladi. U talab qilingan jami 35 mln so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Bundan tashqari, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi meva-sabzavot saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatga sovutish ombori qurish va unga zarur bo‘ladigan agregatlar sotib olish uchun 2023 yilning yanvar oyida aksiyadorlik tijorat bankidan 170 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratiladi. Ammo, olingan kreditni to‘lash davrida 3 oylik qarzdorlik yuzaga kelib, uni undirish maqsadida bank tomonidan Majburiy ijro byurosining Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limiga murojaat qilinadi.
Shundan so‘ng, MCHJ tomonidan kredit qarzdorligi to‘lansada, byuroning 2 nafar davlat ijrochisi MCHJ rahbarini aldab, go‘yoki tuman prokuraturasi tomonidan kredit mablag‘i maqsadsiz sarflanganligi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini aytib, uni javobgarlikka tortilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilishadi. MIB Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limining davlat ijrochilari so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ushlandi.
Jizzax shahridagi advokatlar hay’ati advokati Jinoyat Kodeksining 165 va boshqa moddalari bilan ayblanib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan o‘z himoyasidagi sudlanuvchiga nisbatan, sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslaring barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi