23:15 / 28.10.2016
11 866

APL jamoalarini qanday laqab bilan atashadi?

APL jamoalarini qanday laqab bilan atashadi?

Har qanday jamoani ishqibozlari boshqacha nom bilan ham chaqirishga va uni atashgan odatlangan. Quyida APL jamoalarining qanday nomga ega ekanligi borasida so‘z yuritamiz.

“Lester” – Tulkilar

O‘tgan yilgi APL chempioni “Lester”ning laqabi boshqacha. Klub ishqibozlari jamoani “tulkilar” nomi ostida atashni yaxshi ko‘rishadi. Shu boisdan “Lester”ning ikkinchi nomi “tulkilar”dir.

“Suonsi” – Oqqushlar

Uelsning APLdagi yagona ishtirokchisi “Suonsi” chempionatda har qanday jamoaga boshog‘riq bo‘lib keladi. Bu klubni ko‘pchilik “oqqushlar” deb atashadi. Umuman olganda, jamoa o‘z emblemasiga ham aynan shu jonzot aks etgan logotipdan foydalanishadi.

“Sanderlend” – Qora mushuklar

Angliya Premer-ligasi jamoalari orasida “Sanderlend” jamoasining laqabi boshqacha. Klubni inglizlar “qora mushuk”lar deb atashadi. Bu klub “Sanderlend” qaysidir jihatidan mos tushgan. Chunki jamoa omadsizliklar girdobidan chiqa olmay qolgan. Har yili chempionatda jon saqlab qolish uchun kurashadigan yagona klub aynan “Sanderlend” hisoblanadi.

“Kristal Pelas” – Burgutlar

Alan Pardyu boshchilik qilayotgan “Kristal Pelas” jamoasi ham chempionatning eng kuchli jamoalaridan biridir. Bu klubni “burgutlar” nomi bilan chaqirishadi. Qolaversa, klub logotipida ham yirtqich qushning surati aks etgan.

“Vest Hem” – Bolg‘achilar

Londonning “Vest Hem” jamoasini “bolg‘achilar” deb chaqirishadi. Klub o‘z nomiga mos desa bo‘ladi. Shaharning aynan shu rayonida “temirchilar” ko‘pchilikni tashkil qiladi.

“Sautgempton” – Avliyolar

Angliyada monaxlar anchagina. Ular dinga juda berilgan. Sautgempton rayonidagi aholi bundan mustasno emas. Shu sababli “Sautgempton”ni “avliyolar” deb chaqirishadi.

Davomi bor...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL jamoalarini qanday laqab bilan atashadi?