O‘zbekiston milliy matbuot markazida mamlakatimiz shaxmat federasiyasining 2016 yil yakunlari va 2017 yildagi vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Anjumanda mamlakatimizda navqiron avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan etuk, yuksak intellektual salohiyatli etib voyaga etkazish, sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida o‘zbek shaxmat maktabi vakillari nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani ta’kidlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilda shaxmatchilarimiz qirqga yaqin nufuzli musobaqada ishtirok etib, 40 oltin, 15 kumush va 12 bronza medalni ko‘lga kiritdi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan «Osiyo millatlar kubogi»da ikki yo‘nalishda kumush medalni ko‘lga kiritdi. Yoshlar terma jamoasi a’zolari Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 10 medalni ko‘lga kiritib, umumjamoa hisobida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Eronda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida yosh shaxmatchilarimiz 7 oltin, 2 kumush, 2 bronza medaliga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston vakillari Sochi shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi o‘tkazilgan jahon chempionatida 36,5 ochko jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Mamlakatimizda 2016 yili uch yirik musobaqa – Georgiy A’zamov xotirasiga bagishlangan X xalqaro "Toshkent open" turniri, ayollar va erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati hamda jahon shaxmat yulduzlarining xalqaro turnirlari tashkil etildi. Undan tashqari 30 ga yaqin musobaqa o‘tkazildi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi