Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finalida Senegal termasiga qarshi maydonga tushdi.
O‘yin teng kurashlar asosida kechdi. Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz bir oz ustunlikka ham ega bo‘lishdi. Ammo bu ustunlik hisobda aks etmadi. Aksincha, Senegal termasi yoshlari o‘zlarining imkoniyatlarini poylab to‘p surishdi. Ana o‘sha imkoniyat yuzaga kelishi bilan ular gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Mamadi Tiam 77-daqiqada jamoamizni jazoladi.
Shu tariqa Ravshan Haydarov shogirdlari Jahon chempionatining chorak finalida Senegalga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
O‘zbekiston U20 - Senegal U20 0:1
Gol: Mamadi Tiam, 77
O‘zbekiston U20: Hamroyev, Ashurmatov, Abdullaev, G‘iyosov, Komilov, Hamrobekov, Sohibov, Shukurov, Tursunov, Shomurodov, O‘rinboyev.
Senegal U20: Ibrohim Say, Muhammad Sane, Elimane Sisse, Sidyi Sarr, Alhassan Silla, Mussa Kone, Mussa Vague, Rojer Gomis, Alassan Sov, Mamadu Tiam, Remi Nassalan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi