Xiaomi kompaniyasi MiPad 3 planshetini taqdmotga tayyorlamoqda. Seriyadagi yangi planshet avvalgi modellar singari Android platformasida emas, balki Windows 10 dasturida ishlaydi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Xiaomi MiPad 3 planshetiga 7,9 dyuymli aniqligi 2048x1536 piksel bo‘lgan displey, USB Type-C porti, barmoq izi skaneri, 16 Mpli asosiy va 8 MPli old kamera o‘rnatiladi.
Qurilma ettinchi avloddagi Intel Core M3-7Y30 prosessorida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum qilingan. Model 8 GB operativ xotira va modifikasiya versiyasiga qarab 128 GB yoki 256 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, echiladigan klaviatura ham ba’zi versiyalarda ko‘zda tutilishi mumkin. Akkumulyatorining sig‘imi – 8290 mA/soat.
Shu bilan birga, Xiaomi MiPad 3 to‘liq metall korpus bilan o‘ralishi aytilmoqda.
Narxi 128 GBli versiya uchun 290 dollarni, 256 GBli versiya uchun esa 330 dollarni tashkil qiladi. Planshet rasman 30 dekabrda namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda