O‘zbekistonda 4ta farmasevtika industrial zonasi (FIZ) tashkil etish loyihasi taklif etilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Hujjatda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida «Boysun-farm», Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «Bo‘stonliq-farm», Jizzax viloyatining Zomin tumanida «Zomin-farm» va Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida «Sirdaryo-farm» industrial zonalari tashkil etish nazarda tutilgan.
Qaror mahalliy xomashyolar asosida farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etish, shu orqali aholi uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan.
Rejaga ko‘ra, bunday industrial zonalar muhlati keyin uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil etib belgilanadi. Bu muddat davomida industrial zonalar hududida soliq va boj to‘lovlari imtiyozlari amalda bo‘ladi (investisiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha muddatga). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi