7 071
Toshkent hokimi Qirg‘iziston elchisi bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov 11 yanvar kuni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Qirg‘iziston elchixonasi saytida xabar qilinishicha, tomonlar ikki mamlakat poytaxtlarining savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi masalalarini muhokama etgan.
Jumladan, qo‘shma korxonalar tashkil etish, turli sohalar, xususan, turar-joy kommunal va transport jabhalarida tajriba almashish bilan bog‘liq biznes-forumlar, davra suhbatlari o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, yaqin istiqbolda 2 davlat poytaxti madaniyat kunlarini o‘tkazishi muhokama qilingan.
O‘z navbatida Toshkent hokimi A. Ibraimovni Bishkek merligi lavozimiga tayinlagani bilan muborakbod etgan va yaqin vaqtlar ichida o‘z tabrigini yuzma-yuz ko‘rishuvda yana bir bor izhor etish niyatida ekanini aytgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar barcha yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilishga kelishib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?