Benzin uchun eng kam to‘laydigan venesuelaliklar, eng ko‘p to‘laydigan gongkongliklar bo‘lib chiqdi.
Blumberg agentligining mutaxassislari benzinning narxi jahonda nisbatan pastroq tutib turilganini, biroq aholi cho‘ntagiga mos kelishi bir qator boshqa omillarga bog‘liq ekanligini xabar qilmoqda. Tadqiqot mobaynida joriy yilning uchinchi choragida jahonning 61 mamlakatidagi AI-95 benzin narxi o‘rganib chiqildi.
Benzin uchun eng kam xarajat qiluvchi Venesuela aholisi bir litrini 0,01 dollardan oladi. Albatta, bunda davlat subsidiyalarini hisobga olish lozim, aks holda bunday narxni tutib turishning o‘zi ilojsiz. Shu bois mahalliy yoqilg‘i quyish shoxobchalarida tanqislik yuzaga kelib turadi. Ro‘yxatning ikkinchi qatoridagi Saudiya Arabistonida benzin narxi Venesueladagidan 24 barobar ortiqdir! Ya’ni arablar benzin uchun 0,24 dollardan to‘lashadi. Eronda esa benzin 0,34 dollar turadi. Forslar bu ro‘yxatda uchinchi o‘rinni band qildi.
Neft qazib chiqarish bo‘yicha ilg‘orlardanligiga qaramasdan Rossiya 8-qatorda – 0,59 dollar. Bu Indoneziyadagi yonilg‘i narxi bilan barobar. Shuningdek, benzin Quvaytda 0,35$, Malayziyada 0,41$, BAAda 0,45$, Nigeriyada 0,46$ turishini ro‘yxatdan bilib olish mumkin. Benzin uchun eng ko‘p pul sanaydigan Gongkongda uning bir litri 1,87 dollar. Bundan tashqari, Norvegiya (1,78$) va Niderlandiya(1,68$) fuqarolari ham benzin arzonligi bilan g‘ururlana olmaydi.
Benzinning nominal narxi bu hali hammasi degani emas. Aholining xarid qobiliyatini ham hisobga olish zarur. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Venesuela, AQSh va Saudiya Arabistoni fuqarolari kundalik o‘rtacha daromadining 0,23-0,43 foizini benzinga sarflashi mumkin ekan. Eng hammabop yonilg‘i aynan shu mamlakatlarda mavjuddir. Aksincha, hindistonlik (kundalik daromadining 21,21 foizi), pokistonlik (15,34%) va filippinliklarning (10,26%) cho‘ntagi benzinni ko‘taravermaydi. O‘rtahol rossiyalik bir kunlik daromadining 2,31 foizini benzinga sarflashi mumkin.
Yana bir qiziq ko‘rsatkich. Venesuelalik haydovchi maoshining 0,29 foizini sarflab bir yilda 454,53 litr benzin xarid qiladi. Bu dunyo miqyosida benzinga eng kam xarajatdir. Xitoylik va gongkongliklar daromadidan 0,43 va 0,46 foizini benzinga ajratadi.
Benzin eng arzon narxda sotiladigan mamlakatlar
Benzin eng hammabop bo‘lgan mamlakatlar
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi