
Foto: CNN
Fransiyalik dunyoga mashhur aktyor Jerar Deparde jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, Parijda hibsga olingan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, aktyor hozirda Parij politsiyasining tergov izolatoriga joylashtirilgan. Depardening advokatlari uni himoya qilish uchun qattiq ish olib borishmoqda.
CNN nashri 75 yoshli Jerar Deparde hozirda so‘roq qilinayotganini bildirgan. Aktyor bilan bir filmda suratga tushganini da’vo qilgan ikki ayol Jerar Depardeni jinsiy zo‘ravonlikda ayblab, sudga bergan.
Avvalroq ham Deparde bir qator ayollar unga nisbatan shikoyat bildirib chiqqanidan so‘ng, zo‘rlash va jinsiy tajovuzda ayblanib, rasmiy tergovga tortilgan edi. Fransuz aktyori o‘ziga qo‘yilgan bu ayblovlarni rad etgan.
Bunday voqea Deparde bilan bog‘liq birinchi holat emas. Ayollarga nisbatan haqoratomuz so‘zlari uchun u allaqachon Fransiyaning eng oliy mukofoti – “Faxriy legion” ordenidan mahrum qilingan. Bundan avval ispaniyalik jurnalist Rut Basa aktyorni 1995 yilda sodir bo‘lgan jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan edi.
Fransiyalik AktyorJerar DepardeJinsiy Zo‘ravonlikHibsga OlinganTergov IzolatoriSudga Bergan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar