Xitoyda fil suyagidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish va uni qayta ishlashni taqiqlash, ularni mamlakatning maxsus ma’muriy tumani Honkong orqali yashirincha olib o‘tishga olib kelishi mumkin, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Xitoy davlat kengashi tomonidan chop etilgan hujjatga ko‘ra, bunday cheklov 2017 yilning 31 martidan asta-sekinlik bilan kiritiladi va 2017 yilning 31 dekabriga qadar Xitoyning barcha hududini qamrab oladi.
Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining Honkong bo‘limi yovvoyi tabiatga qarshi jinoyatlarni surishtirish bo‘yicha katta zobiti Sheril Loning ma’lum qilishicha, bu holat “savdogarlar Honkongni noqonuniy fil suyagini o‘tkazadigan bozorga aylantirishlariga” olib keladi. Bu haqda mahalliy RTHK radiostansiyasi xabar bermoqda.
Radiostansiyaning qo‘shimcha qilishicha, Honkong hukumati 2021 yilgacha fil suyagi mahsulotlari savdosini butunlay taqiqlash haqida ma’lum qilgan. Bunday mahsulotning bir kilogrammi narxi 1,1 ming AQSh dollari atrofida baholanadi.
Xitoy davlat kengashining hujjatida aytilishicha, bunday choralar fillarni qo‘riqlashni kuchaytirish, fil suyagi mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan kurashga yo‘naltirilgan. Cheklov bunday mahsulotlarni ko‘cha bozorlari va do‘konlarda, shuningdek internet orqali sotishni o‘zi ichiga qamrab oladi. Bu boradagi ishlarning bajarilishi ustidan nazorat Xitoy jamoatchilik xavfsizligi vazirligi, bojxona, o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi, savdo va sanoat vazirligiga yuklangan.
Ma’lumot uchun, Xitoy, Koreya va Vetnam kabi bir qator Osiyo mamlakatlarida fil suyagi mahsulotlari, shoxli qo‘ng‘iz shoxi yoki chumolixo‘r terisiga ega bo‘lish o‘ziga xos nufuz hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi