AQShning Genovation Cars kompaniyasi so‘nggi avlod Chevrolet Corvette kupesi negizida ishlab chiqilgan elektr superkar uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi. «Motor»ning yozishicha, Genovation Extreme Electric (GXE) nomini olgan elektrokarning narxi 750 ming dollarga teng.
Yangi avtomobilning kuch qurilmasi umumiy hisobda 660 ot kuchini bera oladigan ikki elektr dvigateldan tashkil topgan. Dvigatellar quvvati zaxirasi 210 kilometr yo‘lga etadigan akkumlyatorlar yordamida harakatga keltiriladi.
Ishlanma mualliflarining qayd etishicha, ular avtomobil og‘irligini ikki o‘qqa ideal darajada teng (50 ga 50) taqsimlashga muvaffaq bo‘lgan. Kupening dinamik tavsifi hozircha oshkor etilmayapti.
Xabar berishlaricha, bunday mashinalardan atigi 75 dona tayyorlanadi. Genovation Cars kompaniyasi 2019 yildan boshlab ishlab chiqariladigan elektrokarlar uchun hozirdan buyurtma qabul qilmoqda. Xaridor oldindan 250 ming dollar to‘lashi kerak.
Iyul oyida Genovation Cars firmasi yo‘l elektr mashinalari orasida tezlik bo‘yicha o‘z rekordini yangilagan edi. 2006 yil namunasidagi Chevrolet Corvette Z06 kupesi negizida tayyorlangan 600 ot kuchiga ega elektrokar soatiga 330,8 kilometr tezlikka erishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi