Bir hafta muqaddam Consumer Reports nashri eng ishonchli avtomobil markasini aniqlaganligini yozgan edik. Germaniya texnik nazorat Uyushmasi 9 mln texnik ko‘rik natijalariga asoslanib avtomobillarning ishonchlilik darajasiga ko‘ra reytingini tuzdi.
Consumer Reports avtomobil markalarining ishonchlilik reytingini tuzgan bo‘lsa, nemis uyushmasi muayyan avtorusum asosida tuzdi. Har bir mashinaning olgan bahosi uning texnik nuqsonlariga bog‘liq.
Shunday qilib Mercedes-Benz GLK krossoveri va Porsche 911 sportcha rusumlar oilasi eng ishonchli avtomobillardir deb topildi. Avtomobil egalarining atigi 2,1 foizi undan shikoyat qilgan. To‘g‘ri, xulosa uch yil avval chiqarilgan Mercedes-Benz GLK va Porsche 911ga tegishlidir. Etti yillik avtomobillar orasida Mazda 2 xetchbeki eng ishonchlisi bo‘lib chiqdi. 6,8 foiz “Mazda”da kamchilik aniqlandi.
Germaniyada mashinaga eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi hududlar Saksoniya, Bavariya va Baden-Vyurtenberg ekanligi aniqlandi.
Qizig‘i shundaki, Focus Online nashri Saksoniya hududidagi avtomobillarning texnik jihatdan sozligini quyidagicha izohlaydi. Saksoniya GDR tarkibida paytida Wartburg va Trabant yengil mashinalari egalari texnikani ko‘pincha o‘zlari ta’mirlardi. Shu bois saksoniyaliklarda mashina kapotini tez-tez ochib, mayda-chuyda kamchiliklarini mustaqil ta’mirlash odati saqlanib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi