Avval xabar berilganidek, Shavkat Mirziyoyev “Avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2017 yilning 1 iyunidan boshlab «Jeneral Motors O‘zbekiston» AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz solig‘i stavkasi 29 foizdan 27 foizga pasaytirildi. Biroq, bunday pasayish 2017 yilning 1 iyuniga qadar imzolangan, avtomobil qiymatining kamida 85 foiziga to‘lov amalga oshirilgan shartnomalar bo‘yicha realizasiya qilinuvchi avtomobillarga tegishli bo‘ladi.
Pskent avtomobil poligonida «O‘zavtosanoat» AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasi tashkil etiladi. Shu sababdan avtomobillarni mintaqaviy sinov bazasi er solig‘i, yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘i va yuridik shaxsga daromad solig‘i hamda qator bojxona to‘lovlaridan ozod etildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?