23:23 / 02.05.2024
337

Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?

Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Inson necha yoshga yetganda qari hisoblanadi? Bu savolga umumiy va obyektiv javob deyarli yo‘q. Axir ba’zi insonlar 60 yoshida ham quvnoq va energiyaga to‘la hayot kechiradi, boshqalar esa o‘ttiz yoshida surunkali kasalliklarga chalingan bo‘ladi.

Foto: Getty Images
AQSH, Finlyandiya va Buyuk Britaniya tadqiqotchilaridan iborat olimlar guruhi 20 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan insonlarning mushak va miyadagi genlar faolligini o‘rganishdi. Unga ko‘ra, inson tanasida keskin o‘zgarishlar o‘rtacha 50-55 yoshda sodir bo‘ladi.

Uzoq umr ko‘ruvchilar odatda, ortiqcha vaznga ega emas, kam ovqatlanadi, chekish va alkogol ichish kabi zararli odatlardan holi. Bundan tashqari, uzoq umr ko‘ruvchilar:

Foto: Flectone
  • Shirinlik kam iste’mol qiladi yoki shakarni to‘liq cheklaydi;
  • Oqsilga boy mahsulotlarni yaxshi ko‘radi va tishlar salomatligiga e’tiborli bo‘ladi;
  • Kam umr ko‘radiganlarda oqsilni hazm qilish uchun muhim bo‘lgan fermentlar miqdori tushib ketadi, ularning o‘rnini to‘ldirish uchun BFQ yoki maxsus fermentlar qabul qilish lozim bo‘ladi;
  • Kam yashaydiganlar osteoporoz (mushaklar susayishi va suyaklar mo‘rtlashishi) kasalligiga ko‘p chalinadi. Ushbu xastalik ovqatlanish tartibi bilan bog‘liq;
  • Umri uzoq bo‘lgan insonlar qovurilgan ovqatdan ko‘ra suv va bug‘da pishgan taomni afzal ko‘radi va yetarli miqdorda suv ichadi;
  • Sog‘lom va tetik insonlar sog‘lom ovqatlanish tartibiga amal qiladi va uyqu sifatiga ahamiyat beradi.

Yuqoridagi keltirib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilish uzoq umr va sog‘lom hayot garovidir, deyiladi tadqiqotda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?