Lamborghini Huracan superkari dreg-reysingda yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Mashina yarim millik (804 metr) masofada 259,67 mil/soat (417,9 km/soat) tezlikka erisha oldi. Ushbu rekord yurish videosi YouTube’da joylashtirildi.
Rekordni o‘rnatishda Underground Racing atelyesi tomonidan 3000 ot kuchigacha kuchaytirilgan mashinadan foydalanilgan. Mashina 10 silindrli dvigatel, 6 pog‘onali sekvental uzatmalar qutisi va to‘liq privodga ega. Rekord vaqtida poygachida uzatmalar qutisini 1-uzatmadan 2-uzatmaga o‘tkazishda muammo yuzaga kelgan. Agar bu muammo bo‘lmaganda superkar yanada yaxshiroq natija ko‘rsatishi mumkin edi.
Underground Racing firmasiga yarim mil masofaga yurish bo‘yicha deyarli hamma rekordlar tegishli. O‘tgan gal firma tomonidan kuchaytirilgan Gallardo 413 km/soat tezlikka erisha olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi