Qozog‘istonning Oqto‘besida to‘y korteji yo‘lda harakatlanishga to‘sqinlik qilib, tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormagan. Tez yordam mashinasida yorug‘lik signallari yoqiq bo‘lgan, biroq sirenasi ishlamagan. Ko‘rinishicha, baxtiyor yoshlar tez yordam mashinasini sezmay qolishgan.
«Mana bugun to‘y korteji shu tariqa tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormadi. Migalka yoqiq bo‘lgan, biroq sirena ishlamagan. Hurmatli haydovchilar, tez yordam mashinasini o‘tkazib yuboring va qiyinchiliklar yaratmang!», deb chorladilar rolik chop etilgan ZELLO AKTOBE sahifasi ma’murlari Instagram’da.
Videodan ko‘rinishicha, video tez yordam mashinasi ichidan olingan.
To‘y kortejining bu «qilmishi» ko‘pchilik tomondan tanqidga uchradi. To‘y kortejlarining o‘zboshimchaligidan «to‘ygan» foydalanuvchilar ularni «kurakda turmaydigan so‘zlar» bilan koyib ketishgan.
O‘z navbatida sahifa ma’murlari bunday voqealar ortidan kuzatib, qoidabuzarlar tez yordam mashinalarini o‘tkazmagan roliklarni chop etishga va’da berdilar. Ular shu tariqa tez yordam shifokorlarining og‘ir ishlarida ozgincha bo‘lsa ham o‘z yordamlarini bermoqchilar.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda