Tesla elektromobillar ishlab chiqaruvchisining Xitoydagi daromadi 2016 yilda uch barobar oshib, 1,07 milliardni tashkil etdi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» nashri xabar berdi.
Hozirda Tesla daromadining 15 foizga yaqini Xitoy bozoriga to‘g‘ri keladi. Eng yirigi esa Amerika bozori bo‘lib, undagi daromadi ikki barobarga o‘sib, 4,2 milliard dollarni tashkil etdi. Korporasiyaning jami daromadi 2016 yilda 7 milliard dollardan iborat bo‘ldi.
Tesla o‘z biznesini kengaytirishga harakat qilmoqda. O‘tgan yili kompaniya SolarCity quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchisini xarid qildi, joriy yilda esa Tesla Motors nomlanishini Tesla’ga o‘zgartirdi. Shunga qaramasdan, Tesla daromadining 97 foizi hamon elektromobillarga to‘g‘ri keladi.
Xitoy hukumati mamlakatdagi elektromobillar sonini ko‘paytirishga intilmoqda. Xitoy allaqachon elektromobillar soni bo‘yicha AQSh va Evropa Ittifoqidan keyingi o‘rinni egallagan. Ularning soni 2016 yilda bir millionga etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi