Daewoo Matiz – Rossiyadagi eng hamyonbop avtomobil

  • 26 oktyabr 2015, 13:27
  • 5 329
  • Avto
  • Daewoo Matiz – Rossiyadagi eng hamyonbop avtomobil

    Avtomobil hashamat emas, ehtiyoj, yanayam aniqrog‘i, yo‘l yurish vositasidir. Shunday bo‘lsa-da, bu harakatlanish vositasini sotib olishni hammaning ham cho‘ntagi ko‘taravermaydi, deb yozmoqda Carzone.uz sayti.

    Rossiyaliklar mamlakatdagi eng cho‘ntakbop avtomobillar o‘nligi reytingini tuzib chiqishdi. Yurtimizda ishlab chiqariladigan Daewoo Matiz 314 ming rubl narx bilan bu ro‘yxatni boshlab beradi.

    Ikkinchi o‘rinda Lada Granta, 340 ming rubl.

    Uchlikdagi yana bir Lada Granta, 357 ming rubl.

    To‘rtinchi o‘ringa Lifan Smily munosib ko‘rildi, 364 ming rubl.

    Beshinchi o‘rin Geely GS6ga nasib qildi, 389 ming rubl.

    Bundan tashqari o‘nlikdan Lada Kalina, Chery Bonus, Renault Sandero va Chery Very avtomobillari joy olgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Daewoo Matiz – Rossiyadagi eng hamyonbop avtomobil