22:09 / 28.12.2017
10 856

Toshkentda avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida gaz balloni portladi (foto)

Toshkent shahridagi Qushbegi mavzesida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yengil mashinaning gaz balloni portlagan. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)» guruhiga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Toshkentda avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida gaz balloni portladi (foto)
Post ostidagi izohda gaz balloni portlagan mashina surati keltirilgan. Suratdan bu Nexia avtomobili ekanligini ko‘rish mumkin.

Izoh qoldirganlardan biri portlash ovozi Sergeligacha eshitilganini yozgan.

Hodisa guvohining so‘zlariga ko‘ra, barcha tirik, «faqat mashina egasining qulog‘i yaxshi eshitmayapti».

Tajribali haydovchilarning yozishicha, portlash gaz ballonining me’yoridan ortiq to‘ldirilishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida gaz balloni portladi (foto)